Ronaldusiz qolgan "Real" mavsumning ilk o'yinida so'nggi 10 yildagi eng yomon natijani qayd etdi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2018, 13:15
Madridning "Real" klubi LaLiga yangi mavsumining birinchi turida "Xetafe"ni qabul qildi.

Bu hujumchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o'tganidan keyin "Santyago Bernabeu"da o'tkazilgan ilk uchrashuv bo'ldi. O'yinni ko'rish uchun stadionga 48 466 kishi tashrif buyurdi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu so'nggi 10 yildagi eng yomon natija. So'nggi bor bunday past ko'rsatkich 2008/09 mavsumda, Xuande Ramos qo'l ostidagi "Real" Malorkaga" taslim bo'lganida (1:3) qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, "Real" stadioni o'z bag'riga 81 044 kishini sig'dira oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal