Ronalduning sobiq klubi uning o'g'li bilan shartnoma imzolash niyatida

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2019, 22:40
Sporting klubi Krishtianu Ronalduning 9 yoshli o'g'li bilan shatnoma imzolamoqchi.

Uning farzandi hozirda Yuventusning yoshlar jamoalaridan birida faoliyat olib bormoqda. Qayd etilishicha, Portugaliya jamoasi mutasaddilari yosh futbolchining buvisi Doloresh Aveyru bilan muzokaralar o'tkazgan.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu Sporting klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U mazkur klubdan 2003 yilda 19 mln. evro evaziga Manchester Yunaytedga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sportbible