Ronalduning o'g'li "Yuventus"dagi debyut uchrashuvida 4ta gol urdi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018, 10:53
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'g'li Turin klubi bolalar jamoasida debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Kichkina Ronaldu va uning jamoasi "Lucento"ni 5:1 hisobida taslim etdi. Turin klubining 4ta goliga Ronaldu Junior mualliflik qildi.

TAS-IX emas

Ushbu bahsda bolakayni Krishtianu Ronalduning qiz o'rtog'i Jorjina Rodriges qo'llab turdi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu "Yuventus" safida A Seriyaning 3ta uchrashuvida maydonga tushib, hozirgacha birorta gol ura olgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport