Ronaldu va Pepe Madridga qaytishdi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2013, 08:34
Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Krishtianu Ronaldu va Pepe muddatdan oldin "Real" bazasiga qaytishdi.
Sababi diskvalifikaciya tufayli ikkala o'yinchi ham JCH-2014 saralashi doirasidagi Lyuksemburgga qarshi o'ynay olmaydi. Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi futbolchilarga Madridga qaytishga ruxsat berishdi.

Ronaldu va Pepe klub safida "Malaga"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlashadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru