Ronaldu va "Al Nasr" Saudiya Arabistoni Superkubogi uchun kurashdan chiqdi

Mirjalol Normatov
27 yanv 2023, 01:15
Ar-Riyoddagi "Qirol Fahd" stadionida Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finali doirasida "Al Ittihod" - "Al Nassr" bahsi yakuniga etdi.

Unda "Ittihod" ishonchli hisobda g'alabaga erishib, Superkubok finaliga yo'llanma oldi.

Bahsda Krishtianu Ronaldu to'liq harakat qildi. Jaloliddin Masharipov 87-daqiqada o'yinga qo'shildi.

"Al Ittihod" - "Al Nasr" 3:1

23:00. "Qirol Fahd" stadioni

Gollar: 1:0 – Romarino (15), 2:0 – Abdulrazzoq Hamdallah (43), 2:1 – Anderson Taliska (67), 3:1 – Muhannad al-Shanqiti (90+4).

"Al  Ittihod": Marselo Groe, Ahmad Xegazi, Ahmad Sharahili, Muhannad al-Shanqiti, Zakariya al-Xavsavi (Hamdan al-Shamroni, 80), Tariq Hamid, Igor Koronado (Xarun Kamara, 81), Bruno Enrike, Romarino, Abdulrahmon al-Abud, Abdulrazzoq Hamdallah.

"Al Nasr": Agustin Rossi, Sulton al-Gannam (Navaf Bushal, 56), Abdulloh Madu (Gislan Konan, 46), Abdulilah al-Amri, Ali Lajami, Abdulloh al-Haybari (Jaloliddin Masharipov, 87) Gustavo, Piti Martines, Sami al-Naji, Anderson Taliska, Krishtianu Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia