Ronaldu Santushning qarorlaridan mamnun emas

Mirjalol Normatov
4 dek 2022, 14:32
Portugaliya termasi sardori Krishtianu Ronaldu milliy jamoa bosh murabbiyi Fernandu Santushning qarorlaridan mamnun emas.

"Correio da Manhã" xabariga ko'ra, forvard maydondan juda erta olinayotganidan mamnun emas. Krishtianu barcha uchrashuvlarda almashtirilmoqda: Gana 88-daqiqa, Urugvay 82-daqiqa, Janubiy Koreya 65-daqiqa.

Portugaliya futbol federatsiyasi esa Ronalduning gaplariga e'tibor qilmayapti. Federatsiya vakili Ronalduga shunday degan: "JCH finaliga 3 o'yin qoldi. Biz barcha e'tiborni o'yinlarga qaratishimiz kerak".

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CMTV