Ronaldu "Real"da shaxsiy shifokorga ega bo'ldi, klub tibbiy shtabi ishdan ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2016, 12:53
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu shaxsiy shifokorga ega bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik "Qirollik klubi" shifokorlaridan norozi va klub bilan shartnoma uzaytirishdan oldin shaxsiy shifokor borasidagi shartini o'rtaga qo'ydi. "Real" prezidenti Florentino Peres avvaliga bunga rozi bo'lmadi, ammo keyinroq Ronalduning talabini qondirishga majbur bo'ldi. Bundan so'ng jamoaning boshqa futbolchilari ham shuni xohlab qolishi mumkin. Klubning etti fiziterapevti ispan grandini tark etmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS