Ronaldu Peresning tanqidi tufayli "Real"dan ketmoqchi bo'lgan

Aslanov Jasurbek
15 sen 2015, 13:14
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida klubni tark etmoqchi bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresning tanqidi tufayli Ronalduning kayfiyati buzilgan. Peres Krishtianuga quyidagi so'zlarni aytgan edi: "Sen oldingidek raqiblarni aldab o'ta olmayapsan. Buni bajarishing kerak".

Bu so'zlardan so'ng Ronaldu o'zini haqoratlangan deb hisoblaydi va agenti Jorje Mendeshdan boshqa klubga o'tishni so'raydi, ammo futbolchi hozirda "Qirollik klubi"da to'p tepmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com