

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu hali klub ixtiyoriga kelgani yo'q. Portugaliyalik futbolchi allaqachon 2 ta mashg'ulotni o'tkazib yuborgan, deb xabar berdi The Athletic.
Futbolchi o'zining yo'qligini oilaviy sharoiti bilan izohladi. Ammo manbaning ma'lumotlariga ko'ra, mankunianlar futbolchining klub qarorgohiga qaytmasligidan qo'rqishni boshlashgan.
Oldinroq Ronaldu "Chelsi"ga o'tishga qiziqib qolgani xabar qilingandi.



