Ronaldu: "Men atayin diskvalifikaciya ishlab olganim yo'q"

Narzulla Saydullayev
13 okt 2013, 09:05
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Isroilga qarshi o'yinda atayin sariq kartochka olganini rad qilmoqda.
"Men bu kartochkani atayin olganim yo'q. FIFA doim bunday holatlarga jiddiy qaraydi. Pley-off o'yinlari juda muhim. Men ikkala o'yinda ham maydonga tushishni istayman".

Ronaldu bu sariq kartochka tufayli guruh bosqichining so'nggi uchrashuvi hisoblangan Lyuksemburgga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru