Ronaldu mashg'ulotlarni ko'kargan ko'zi bilan o'tkazmoqda (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
6 sen 2018, 15:24
Kecha, 5 sentyabr kuni "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronadu jamoaning terma jamoaga yo'l olmagan futbolchilari bilan mashg'ulot o'tkazdi.

Turin klubi rasmiy sayti taqdim etgan fotohisobotda Ronaldu ko'kargan ko'zi bilan shug'ullangani aks etgan. Forvard "Parma"ga qarshi A Seriyaning 3-tur uchrashuvida (2:1) jarohat olgan edi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga chaqirilmadi. Portugaliyaliklar bosh murabbiyi Fernandu Santushning so'zlariga ko'ra, Krishtianu yangi klubiga ko'nikib olishi uchun terma jamoaga chaqirilmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Juventus.com