Ronaldu: "Ko'plab mutaxassislar bilan ishlaganman, ammo Mourinyo ajoyib fikrlovchi"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2016, 17:19
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zi ishlagan mutaxassislar orasida kimni eng yaxshi deb hisoblashini aytdi.

"Ko'plab murabbiylar qo'l ostida ishlaganman, ammo Mourinyo eng ajoyib fikrlovchi bo'lgan. U hammasini mayda detallargacha o'rganardi" - deydi Ronaldu.

Mourinyo 2010-2013 yillarda "Real"ni boshqargan va jamoa bilan Ispaniya Kubogi, milliy birinchilik va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Coach Magazine