Ronaldu Yevropaga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
12 mar 2026
41 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyatini o'zining qadrdon klubi – Lissabonning "Sporting" jamoasida davom ettirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

"El Nacional" ma'lumotlariga ko'ra, arab futbol bosqichini yakunlagandan so'ng Ronaldu Yevropaga qaytib, yana Portugaliyaning "Sporting" jamoasi safida o'ynashni rejalashtirmoqda.

Portugaliyalik futbolchi avvalo yozda bo'lib o'tadigan navbatdagi Jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgan. Yoshi o'tib borayotganiga qaramay, Krishtianu hali ham asosiy tarkibning muhim o'yinchisi va milliy terma jamoaning yetakchilaridan biri hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional