Ronaldu davlat mukofotlaridan ayrilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019, 14:15
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq to'lamaslik borasidagi ayblovlar tufayli Portugaliya hukumati tomonidan topshirilgan davlat mukofotlaridan ayrilishi mumkin.

Bu haqida Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Souza ma'lum qildi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi Evro-2016dagi g'alabasidan so'ng Katta xoch ordeni bilan mukofotlangan edi. Bundan tashqari, unga Madeyra oroli oldidagi xizmatlari uchun medal topshirilgan.

"Qonun oddiy: Ordenlar bilan shug'ullanadigan kancler Ronaldu borasida qaror chiqarishi kerak" - deydi di Souza.

Ronaldu 18,8 mln. evro miqdorida jarima to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP