

“Biz Ronalduni Avstraliyaga olib kelishga qiziqishimizni bildirdik. Shubhasiz, bu bir tavakkalchilik, lekin bizda, albatta, u ko'rib chiqishi kerak bo'lgan taklifimiz bor”, deydi Avstraliya Futbol Ligasi bosh direktori Denni Taunsend.
Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi sobiq sherigi Nani hozirda Avstraliyaning “Melburn Viktori” jamoasida harakatlanmoqda.
Avvalroq, Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusidan so'ng uning MYUni tark etishi mumkinligi e'lon qilingan edi.



