

"Al-Nassr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu ushbu klubga o'tishi faoliyatining yakuni emasligi, Saudiya Arabistoni chempionati juda kuchli ekanligini ta'kidladi.
"Men uchun bu erga kelish – faoliyatimning yakunlanishi emas. Aynan shuning uchun ham faoliyatimda o'zgarish qilmoqdaman. To'g'risini aytsam, odamlar nima deyishining menga umuman qizig'i yo'q. Qaror qabul qildim va bu qarorga javob beraman.
Bilaman, mahalliy chempionat juda raqobatga boy. Odamlar buni shunchaki bilishmaydi. Men esa juda ko'p o'yinlarni tomosha qildim. Indinga maydonga tushishni intiqlik bilan kutmoqdaman. Agar murabbiy meni tayyor deb hisoblasa, albatta. Odamlar bilan muloqotdan va futbol o'ynashdan zavqlanishni istayman", -deydi Krishtianu Ronaldu.



