Ronaldu "Al Ittifoq"ga qarshi o'yin vaqti hakamni almashtirishni so'radi

Omonjon To`xtamirzayev
1 noya 2023, 18:00
Bunga jamoasining goli inobatga olinmagani sabab bo'lgan.

"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qirol kubogi doirasidagi "Al Ittifoq"ga qarshi uchrashuv davomida hakamni almashtirishni so'radi. Sababi, hakam jamoasining golini inobatga olmadi.

VAR bilan suhbatdan so'ng hakam Anderson Taliskaning golini ofsaydda urilgan deb hisobladi. Bundan g'azablangan Krishtianu Ronaldu esa telekamera qarshisida hakamni almashtirish lozimligini ishoralar orqali bayon qildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda "Al Nassr" 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com