Ronaldu 7ta uzatma bilan Evro tarixidagi eng yaxshi assistent bo'ldi

Alisher
23 iyun 2024
Krishtianu Ronaldu Evro tarixidagi eng yaxshi assistent bo'ldi.

Portugaliyalik Turkiyaga qarshi guruh bosqichi doirasidagi o'yin payti Brunu Fernandeshga golli uzatma berdi.

O'zining oltinchi Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan Ronaldu bu bilan Evro final bosqichidagi 27ta o'yinda ettinchi samarali uzatmasini qayd etdi.

U bu borada Karela Poborski (6 assist)dan o'tib turnir tarixidagi eng yaxshi assistent bo'ldi.

Ronaldu shuningdek 14ta gol bilan Evro tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Opta