Ronaldu 30ga kirganidan so'ng Portugaliya safida 89 ta gol urdi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2025, 13:19
Krishtianu Ronaldu terma jamoa safidagi gollarining ko'p qismini 30ga kirganidan keyin urdi.

Vengriyaga qarshi o'yinda penaltidan gol kiritganidan so'ng, portugaliyalik futbolchi milliy jamoadagi 141 golini nishonladi. U jahon rekordini yangilashda davom etmoqda.

Ronaldu 30 yoshidan keyin (2015 yil 5 fevraldan boshlab) terma jamoa safida 89 marta gol urdi. Butun faoliyati davomida undan ko'p gol urganlar - Lionel Messi (114), Ali Daei (108) va Sunil Chetri (95). Romelu Lukaku va Moxtar Dahari 89 ta gol urishdi – bu Ronalduning so'nggi 10 yildagi ko'rsatkichiga teng.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru