Ronaldo "Real" va "Barselona"dan ketgan futbolchilarni jamoasiga olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022, 17:46
"Valyadolid" yangi mavsum oldidan qanot himoyalarini braziliyaliklar orqali to'ldirishi mumkin.

"UOL" xabariga ko'ra, Marselo va Dani Alves jamoa tarkibiga qo'shilishi mumkin. Ular yozda erkin agent sifatida "Real" va "Barselona"dan ketishi rasman ma'lum qilindi.

"Real" va "Barselona" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Ronaldo ushbu mavsum LaLigaga qaytgan "Valyadolid"ning 51 foiz akciyalari egasi hisoblanadi. U klubiga bo'ladigan e'tiborning oshishi uchun ham vatandoshlarini jamoasiga olib kelishni reja qilmoqda.

Bu yo'lda u Marselo va Dani Alvesning maoshi sezilarli pasayishiga ham rozi bo'lishini kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: UOL