
Italiyani omadsiz ishtirokni ko'pchilikni ranjitgani bor gap. Italiya termasi mundiallarda har doim favoritlar qatoridan o'rin olib kelgan va ushbu jamoani har bir musobaqada o'z o'rni bor. Angliyaga qarshi o'yinni ular juda yaxshi o'tkazishdi, lekin muhim pallada o'zlarini ko'rsata olishmadi va uyga qaytishga majbur bo'lishdi.
Balotelli? U hali yosh va Italiyani muvaffaqiyatsizligiga faqat uni ayblash to'g'ri emas. Jahon chempionatida yaxshi ishtirok etish uchun bir futbolchi emas, balki butun jamoa yuqori saviyada bo'lishi kerak. Buni hamma yaxshi biladi.