Ronaldo: "Benzema – "Oltin to'p" uchun kurashda favorit"

Sherzod Nurmatov
14 okt 2021
"Real Madrid" sobiq hujumchisi Ronaldo "Oltin to'p"ni "qirollik klubi"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema olishiga ishonishini aytdi.

"Nazdimda, "Oltin to'p" uchun kurashda Benzema – favorit. Karim – so'nggi 10 yil davomida yirtqich bo'lib keldi. Eng muhimi – u chempion. Siz shunday hisoblamaysizmi?", – dedi braziliyalik afsona.

33 yoshli Benzema joriy mavsumda "Real" safida barcha turnirlarda 10 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/ronaldo