Ronaldo: “Barselona” Neymarni sotib oladimi, boshqanimi, menga farqi yo'q

4 iyul 2013, 12:37
Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtiano Ronaldo, Realning asosiy raqibi “Barselona”ning transfer siyosati uni qiziqtirmasligini atdi, deya xabar beradi ispan OAVlari.

Portugaliya terma jamaosi futbolchisiga “Barselona”ning yangi hujumchisi Neymar haqida savol berishganida u shunday ruhda javob bergan.

"“Barselona” kimni sotib olishi menga baribir. U Neymar bo'ladimi, yoki bitta, ikkita, uchta, yoki to'rtta futbolchi. Ular juda kuchli jamoa, ammo “Real” dunyodagi eng buyuk jamoa. Shuning uchun meni boshqa hech narsa qiziqtirmaydi”, - deb bayonot berdi Ronaldo.


Manba: championat.com