Ronaldinyo o'zini Messi va Yamal bilan qiyosladi

Sherzod Nurmatov
22 may 2025
"Barselona", PSJ va Braziliya terma jamoasi afsonasi Ronaldinyo o'zini Lionel Messi va Kataloniya jamoasining amaldagi yetakchisi Lamin Yamal bilan taqqoslab ko'rdi.

"Messi va men tarix yaratdik, endi esa xuddi shunday qilish navbati Lamin Yamalga keldi. U bu yoshda va bu istedod bilan erishgan narsasi tahsinga loyiq".

Mashhur braziliyalik quyidagi so'zlarni ham qo'shib qo'ydi:

"Men unga o'xshagan futbolchilarni ko'rishni yaxshi ko'raman, ular futbolga hayot bag'ishlaydi. Umid qilamanki, u biznikiga o'xshash martabaga yetishadi".

"Barselona" 2024/2025 yilgi mavsum Yamal bilan uchta titul qo'lga kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS