"Romeu Busketsga yaxshi o'rinbosar bo'la oladi" - Xavi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2023
Mutaxassis tanlov qildi.

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Serxio Busketsning o'rnini bosa oladigan futbolchi nomini aytdi.

"Oriol Romeu Busketsga yaxshi o'rinbosar bo'la oladi. Men bu futbolchining imkoniyatlarini yaxshi bilaman, shuning uchun ham u bilan shartnoma imzolashni talab qildim. Romeu yetakchilik fazilatlariga ega. Bu biz uchun ajoyib transfer", – dedi Xavi.

Romeu shu yozda "Jirona"dan "Barselona"ga o'tdi.  Transfer summasi 3,4 million evroni tashkil qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS