"Roma"ning besh futbolchisi "Speciya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
13 dek 2021, 23:27
"Speciya"ga qarshi o'yin oldidan "Roma"da kadrlar muammosi yuzaga kelmoqda.

Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo ushbu uchrashuvda jarohatlanganlar Leonardo Spinaccola, Stefan El-Shaaravi va Lorenco Pellegrinini, shuningdek, diskvalifikaciyaga uchraganlar Nikolo Dzanolo va Janluka Manchinini maydonga tushira olmaydi.

Uchrashuv 00:45da start oladi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport