

"Roma" klubi "Portu" yarim himoyachisi Serjiu Oliveyra bilan kelishuvga erishgani ma'lum qilingandi.
Ma'lum bo'lishicha, "Roma" Serjiu Oliveyrani 13.5 mln evroga to'liq sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. Ijara uchun esa Rim klubi "Portu"ga 1 mln evro to'laydi.
Oliveyra tez orada Italiya poytaxtiga uchib kelishi kutilmoqda. Portugaliyalik futbolchi yangi klubi tarkibida 16 yanvar kuni "Kalyari"ga qarshi o'yinda ilk marta maydonga tushishi mumkin bo'ladi.



