"Roma" tarkibni Morata bilan kuchaytirmoqchi

Оқил Абдубарноев
8 iyun 2023, 23:48
Yozgi transfer oynasida "Roma" hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Atletiko Madrid" futbolchisi Alvaro Morata A Seriyaning nomzodlar ro'yxatidan joy olgan.

Qayd etilishicha, avvalroq "Yuventus" safida o'ynagan 30 yoshli hujumchi Italiyaga qaytishni istamoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari Moratani 25 million evroga baholamoqda. 2022/2023 yilgi mavsumda ispaniyalik forvard 45 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Shu bilan birga, Mauro Ikardi va Uilfrid Zaxa kabi taniqli hujumchilar ham "Roma"ning nishonida bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal