"Roma" Srna xizmatlariga qiziqib qoldi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2014, 17:46
Doneckning "Shaxtyor" klubi sardori Dario Srna "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, rimliklar sport direktori Valter Sabatini 32 yoshli himoyachini "San-Siro"da bo'lib o'tgan Xorvatiya va Italiya terma jamoalari o'yinida kuzatgan. Srnaning "Shaxtyor" bilan shartnomasi 2016 yilda tugaydi, uning transfer bahosi esa 8-10 mln evro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com