"Roma" Smolling bo'yicha yangi taklif tayyorladi

Alisher
15 avg 2020, 16:36
"Roma" rahbariyati himoyachi Kris Smollingni xarid qilish bo'yicha MYUga yangi taklif tayyorladi.

Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida italiyaliklar safida o'tkazdi, rimlilklar o'yinchini sotib olmoqchi bo'lishgandi, ammo narx bo'yicha kelishuvga erishilmagan.

Smolling yakunlangan mavsum "Roma" safida 37ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, futbolchining o'zi maoshi kamaysa ham yana Rimga qaytishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio