"Roma" Gedeshni o'z o'yinchisiga almashishga umid qilmoqda

Alisher
1 apr 2022
"Roma" Karles Peresni "Valensiya" yarim himoyachisi Gonsalu Gedeshga almashishga umid qilmoqda.

24 yoshli Peres Joze Mourinyu qo'l ostida juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda va klub uni o'zida ushlab turmoqchi emas. Oldinroq, unga "Valensiya" qiziqayotgani aytilgan edi.

Italiya klubi o'z navbatida "Valensiya" o'yinchisi Gonsalu Gedeshni xarid qilmoqchi. Shunday ekan, "Roma" bitimga Peresni qo'shishga umid qilmoqda.

Portugaliyalik futbolchining ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb