"Roma" forvardi 3 haftaga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2020
"Roma" hujumchisi Diego Perotti jarohati tufayli uch hafta davomida jamoaga yordam bera olmaydi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi "Kalyari"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi(2:2)da tizzasidan jarohat olgan.

32 yoshli futbolchi so'nggi mavsumda "Roma" tarkibida 26 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va o'z jamoadoshlarini 4 ta golli uzatma bilan taminladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Retesport