"Roma" Fonseka bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher
1 may 2021
Paulu Fonseka joriy mavsum so'nggida "Roma"dan ketadi.

Klub rahbariyatini "Roma"ning Yevropa Ligasi yarim final "Manchester Yunayted" (2:6)ga qarshi dastlabki o'yin natijasi g'azablantirgan.

Portugaliyalikni zudlik bilan ishdan bo'shatmoqchi bo'lishgan, ammo u bilan suhbatlashilganidan so'ng, uni mavsum so'nggiga qadar jamoada qoldirishga qaror qilingan.

"Roma" A Seriyada 33 turdan so'ng 55 ochko jamg'argan holda jadvalda 7-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Corriere della Sera