"Roma" Eto’O bilan shartnoma imzolash yo'llarini o'rganib chiqmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
8 iyul 2014, 10:24
Yaqin kunlarda "Roma" rahbariyati kamerunlik futbolchi Samuel Eto'Oni jamoaga taklif qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin "Chelsi" safini tark etgan futbolchi erkin agent maqomini olgan. Futbolchiga yana "Galatasaroy" jamoasi ham da'vogarlik qilmoqda.

Bundan tashqari futbolchining o'zi faoliyatini AQSHda davom ettirishga qarshi emasligiga shama qilgandi.

Eto'O bungacha Italiya chempionatida to'p surib, "Inter" bilan Chempionlar Ligasida g'olib chiqishga ham ulgurgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru