"Roma" Benatiya bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
17 may 2014, 20:20
Miralem Pyanich bilan shartnomasini uzaytirgan "Roma" endilikja Mexdi Benatiya bilan ham kelishuvni uzaytirmoqchi.
Ayni paytda marokashlik futbolchi bir mavsum uchun 1,2 million evro maosh olmoqda. 
U maoshini ikki baravar oshirishlarini istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Benatiya uchun "Barselona", "ManSiti", "Chelsi" va "Bavariya" kabi Yevropaning bir qancha yetakchi klublari qiziqish bildirishmoqda.
Futbolchining transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru