Roys: Jamoamni qiyin pallada tashlab ketolmasdim

2 mar 2015, 23:04
Borussiya D vingeri Marko Roys "The Transfer Tavern" nashriga yanvarda jamoasini qiyin pallada tashlab ketolmasligini aytib o'tdi.
Men matbuotda yozilgan jamoalarga o'tolmasdim. Gazetalarda o'qigandim, menga Chelsi, Manchester Yunayted, Arsenal, Real va bir qator boshqa jamoalar ham qiziqish bildirishgan ekan. Lekin rasman takliflar bo'lmagandi. Chunki men jamoamni qiyin pallada tashlab ketmasligim aniq edi. Kelajakda nima bo'ladi? Bu haqida biror narsa deya olmayman. Hali yangi jamoaga o'tishga tayyormanmi-yo'qmi bilmadim. Hozir esa "Borussiya D"ni o'z joyiga qaytishi uchun bor kuch-g'ayratimizni ishga solishimiz kerak.

Manba: sports.ru