Roy Xojson: Runi bundan yaxshiroq o'ynay oladi

Narzulla Saydullayev
4 sen 2014, 09:50
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Norvegiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.
– Bugungi o'yin Ueyn uchun o'zgacha bahs bo'ldi. Sababi aynan u penaltini tepish huquqiga ega bo'ldi. Gol urib bizga g'alaba keltirdi.

Runi Starrij bilan hali kam o'ynagan. Har bir o'yindan so'ng ularni tanqid qilaversam bo'lmaydi. Albatta Runi bundan ham yaxshi o'ynay oladi.

Uelbek uchun xursandman. Sterling markazga ko'chib o'tganida Denni o'zining driblinglarini ko'rsatdi, – deydi Xojson.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru