Rodri: "Messi "Oltin to'p"ga haqli edi"

Mirjalol Normatov
31 dek 2023, 14:25
"Manchester Siti" futbolchisi Rodri "Oltin to'p" uchun kurashda kuchli beshlikda qayd etilgani haqida gapirdi.

- Bundan faxrlanaman. Aslida individual sovrinlar hech nimani o'zgartirmaydi. Menga jamoa bilan qo'lga kiritilgan sovrinlar asosiy o'rin tutadi.

Lekin bunday futbolchilar orasida kuchli beshlikda bo'lish - katta muvaffaqiyat. Umuman olganda, 30 nominantning ichida bo'lganimning o'zidan xursandman. Umid qilamanki, kelgusida bu yerda ispanlar ko'proq bo'ladi.

- Sizdan faqatgina Messi, Xoland, Mbappe va de Bryuyne yuqoriroqda bo'ldi.

- Aslida ularning orasida birinchi navbatda "kurashdan chiqadigan" men edim. Ayni paytdagi futbol darajasi juda yuqori. Argentina termasi JCHni yutganidan keyin Messi "Oltin to'p"ga loyiq edi. Undan tashqari, biz yil davomida 40-50ta gol uradigan Mbappe va Xoland haqida gapiryapmiz, - dedi Rodri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As