"Robertson muvaffaqiyatli operaciya qilindi" - Yurgen Klopp

Sherzod Nurmatov
26 okt 2023
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Liverpul"dagi yo'qotishlarni aytdi.

Ayrim futbolchilar hozircha jamoaga yordam bera olmaydi.

"Robertson muvaffaqiyatli operaciya qilindi. U qancha vaqt o'tkazib yuborishini bilmaymiz, lekin birinchi qadam qo'yildi va bu yaxshi.

Gakpo yakshanbadan beri to'liq mashg'ulot o'tkazmoqda, bu ajoyib. U o'ynashga tayyor bo'lishi mumkin, ammo ko'ramiz. Yana kim yo'q? Tyago yo'q, Baychetich yo'q. Ular jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishmayapti", – dedi mutaxassis "qizillar" rasmiy saytiga.

"Liverpul"ning navbatdagi uchrashuvi 26 oktyabr kuni Yevropa Ligasi doirasida o'z uyida "Tuluza"ga qarshi o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com