Roberto Martines: "Men Lukaku uchun 125 million to'lagan bo'lardim"

Tolibjon Qosimov
29 avg 2014, 17:14
"Everton" bosh murabbiyi Roberto Martinesning hisoblashicha, Romelu Lukaku uchun to'langan 35 million evro - katta mablag' emas.
Mutaxassisning fikricha, asosiysi futbolchi jamoa o'yin uslubiga mos tushishi.

"Gap narxda emas. Men Lukaku uchun 125 million ham to'layvergan bo'lardim, agar shunday mablag' bo'lganida. Raqamlarning ahamiyati yo'q. Gap jamoaga kerakli bo'lgan futbolchi haqida ketyapti. Bazida 4 millionlik futbolchi jamoa uchun juda qimmat bo'lishi mumkin, bazida esa 35 millon ham katta mablag'dek tuyilmaydi" - deydi Martines.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru