Roberto Martines: Azar Madridga o'rganib bo'ldi. Uning yagona muammosi – jarohatlar

Omonjon To`xtamirzayev
29 mar 2020, 16:07
Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines shogirdi, "Real Madrid" klubi vingeri Eden Azar haqida fikr bildirdi.

U ayni gullagan davrini boshdan o'ktazmoqda. Hozir u ayni futbol o'ynaydigan yoshda. Unda tajriba bor, shu bilan birga u hali qarib qolgani yo'q. Shu sababdan ham u "Madrid" va Belgiyadek eng oldi o'rinlarda turuvchi jamoalarda o'ynamoqda, – dedi Martines Diario AS nashriga bergan intervyusida.

U La Ligaga va Madridga to'liq o'rganib bo'ldi. Uning hozirda yagona muammosi jarohat. Bu borada uning omadi kelmadi.

Futbolda omad juda muhim rol o'ynaydi. Ushbu mavsum u Chelsida etti mavsum davomida o'tkazib yuborganidan ko'proq o'yindan chetda qolib ketdi. Bu omadsizlikdan boshqa narsa emas, lekin men yaqin vaqtlar ichida Eden yana avvalgidek futbol muxlislarini xursand qilishiga ishonaman.

 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fotball.ua