

U ayni gullagan davrini boshdan o'ktazmoqda. Hozir u ayni futbol o'ynaydigan yoshda. Unda tajriba bor, shu bilan birga u hali qarib qolgani yo'q. Shu sababdan ham u "Madrid" va Belgiyadek eng oldi o'rinlarda turuvchi jamoalarda o'ynamoqda, – dedi Martines Diario AS nashriga bergan intervyusida.
U La Ligaga va Madridga to'liq o'rganib bo'ldi. Uning hozirda yagona muammosi jarohat. Bu borada uning omadi kelmadi.
Futbolda omad juda muhim rol o'ynaydi. Ushbu mavsum u Chelsida etti mavsum davomida o'tkazib yuborganidan ko'proq o'yindan chetda qolib ketdi. Bu omadsizlikdan boshqa narsa emas, lekin men yaqin vaqtlar ichida Eden yana avvalgidek futbol muxlislarini xursand qilishiga ishonaman.




