Roberto Manchini koronavirusga chalindi

Virus mashhurlarni ham taqib qilishda davom etmoqda.

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchinining koronavirusga topshirgan testi unda infekciya borligini ko'rsatgan.

55 yoshli mutaxassisda kasallik alomatlarsiz kechmoqda. U Rimdagi uyida o'zini o'zi yakkalash holatiga olingan.

Ma'lumot uchun, Italiya termasi 11 noyabrda Estoniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida qatnashadi. Keyin Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida Polsha (15 noyabr), Bosniya va Gertsegovina (18 noyabr) bilan o'ynaydi.


Manba: FIGC