Roberto Karlos: "Menimcha, “Oltin to'p” Krishtianu Ronalduning uyida turibdi"

Aslanov Jasurbek
13 okt 2016, 17:01
25 oktyabr kuni “oltin to'p”ga nomzod futbolchilar nomi e'lon qilinadi.

Bu yil ham ushbu sovringa Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi da'vogarlik qilishiga hech kim shubha qilmayapti. Portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsum “Real” bilan chempionlar ligasi va Portugaliya terma jamoasi bilan esa Yevropa chempionati kubogini boshi uzra ko'targandi. Messi esa “Barselona” bilan Ispaniya chempioni va kubogini qo'lga kiritgandi. Roberto Karlos “oltin to'p” sovrini ko'proq “Real” klubi hujumchisiga loyiq ekanini bildirdi.

“Menimcha, “oltin to'p” Krishtianu Ronalduning uyida turibdi. Shunchaki buni o'zi aytishni istamayapti” - deydi Karlos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: EFE