
"Bugun judayam baxtliman. Jamoam hozir ham g'alabani tantana qilyapti. Qirg'iziston terma jamoasi yaxshi o'ynadi, ammo bugun omad biz tomonda bo'ldi. Jamoam o'zi uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana oldi va g'alabaga erishdik. Uchrashuvdan oldin bahs finalga teng bo'lishini aytgan edim va haq bo'ldim. Himoyadagi tartibli o'yin tufayli jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Kolumbiya chiptasi bilan Avstraliya xalqini tabriklayman" - deydi murabbiy.