Rijko 18 yanvarda "Navbahor" safiga borib qo'shiladi

Aziz Tukhtamuradov
11 yanv 2015, 19:38
“Kosonsoy”ga qarshi nazorat uchrashuvidan keyin "Navbahor" jamoasi a'zolariga bir kunlik tatil e'lon qilingandi.
Bugun  futbolchilar yana mashg'ulotlarga kirishishdi. O'tgan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan belaruslik himoyachi Yuriy Rijko esa 18 yanvar kuni yurtimizga yetib keladi. Futbolchi oilaviy sabablarga ko'ra yanvar oyi boshida boshlangan yig'inga qo'shilmagandi. Shu vaqt oralig'ida futbolchi bilan yangi shartnoma shartlari bo'yicha ham muzokaralar davom ettirildi. Yakunda tomonlarning fikri bir joydan chiqdi. Natijada Rijko navbatdagi mavsumni ham “Navbahor”da o'tkazadigan bo'ldi. Ayni paytda himoyachi bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov belgilab bergan kun tartibiga amal qilgan holda o'z yurtida yakka tartibda shug'ullanmoqda. 19 yanvardan Toshkentda boshlanadigan mashg'ulotlarda Rijko jamoa safiga qo'shilib, to'liq kuch bilan shug'ullanishni boshlaydi. Shu o'rinda selekciya ishlarini davom etayotganligini ma'lum qilish joiz. Ayni paytda ayrim chiziqlarni kuchaytirish borasida bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Biror-bir futbolchi bilan kelishuvga erishiladigan bo'lsa shu zahoti saytimiz orqali Siz aziz muxlislarga ma'lumot beramiz. Demak, saytdan uzoqlashmang. Har holda “Navbahor” ishqibozlarini xursand qiladigan yangiliklar hali oldinda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz