Rivaldo Pogbaning "Barselona"ga o'tishiga qarshi. Nega?

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018, 15:10
"Barselona " sobiq futbolchisi Rivaldoning fikricha, ko'k-anorranglilar "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olishi kerak emas.

"Pogba - yaxshi futbolchi, ammo "Barselona" uni sotib olishi kerak emas. Klub rahbariyati Arturo Vidal va Arturni xarid qilib, ikkita sifatli transferni amalga oshirdi. Menimcha, Kataloniyaliklarda kuchli futbolchilar etarlicha" - deydi Rivaldo.

Oldinroq, Pogba klubini o'zgartirmoqchi ekanligi va "Barselona" uni xarid qilmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tribal Football