

Braziliyalik taniqli futbolchi Rivaldo vatandoshi Villianni “Barselona”ga tavsiya qildi. Rivaldo Villianning Kataloniya klubiga katta foyda keltirishini va jamoani yaxshigina kuchaytirishini ma'lum qilgan. Uning fikriga ko'ra, Villian etarlicha tajribali futbolchi hamda o'ziga xos ijrochi.
Ma'lumot uchun, Villianning “Chelsi” bilan amaladagi shartnomasi iyunda yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.



