Riberi: “Navbatdagi g'alaba – chempionlik yo'lida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin“

Narzulla Saydullayev
13 noya 2013, 18:43
Bundesliganing navbatdagi turida “nemis klassiko” si bo'lib o'tadi. Ushbu baxs yuzasidan juda ko'plab fikr-mulohazalar bildirilmoqda.
“Bavariya“ super-yulduzi Frank Riberi ham bo'lajak o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Francuz futbolchisi intervyu davomida yana bir qator boshqa qiziqarli masalarga ham to'xtaldi.

- Janob Riberi, “Bavariya” o'tgan  turdagi “Augsburg” ustidan qozongan g'alabasidan keyin “Gamburg” ning 1983 yilgi 37 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasini yangiladi. Bundan juda ham xursanddirsiz…
- Rekordlarni yangilash – bu juda ham ajoib. Biz deyarli har bir uchrashuvda g'olib bo'lyapmiz, mag'lub bo'lishni esa hech ham istamaymiz. Bu g'alabali seriyalar hali uzoq davom etishi uchun barcha narsani amalga oshiramiz.

- Ammo navbatdagi o'yin Dortmundda bo'lib o'tadi…
- Ha, bu so'zsiz yil o'yini bo'ladi. Agar g'alaba qozonishni uddalasak, “sariq-qoralar” dan etti ochkoga ilgarilab ketamiz. Shunda mavsum boshi bo'lishiga qaramay, chempionlik yo'lida katta qadam tashlashga muvaffaq bo'lishimiz mumkin va u balki xal qiluvchi ahamiyat kasb etar…  

- O'yinda ko'proq nimaga e'tibor berish lozim deb hisoblaysiz?
- Biz to'p nazoratiga katta e'tibor qaratishimiz lozim bo'ladi. To'p yo'qotilishi yomon oqibatlarga olib kelishii mumkin. “Borussiya” futbolchilari to'p bilan juda xavfli ekani hammamizga ma'lum.   

- “Bavariya” tarkibida oxirgi marta mag'lub bo'lgan o'yiningizni eslay olasizmi?

- To'g'risini aytsam, yodimda yo'q. Bu savolga javob topishim uchun biroz o'ylanishimga to'g'ri keladi.

- Bu voqea o'tgan yili Aprelda aynan „Borussiya“ Dortmundga qarshi baxsda sodir bo'lgandi…
- (Kulgancha) Ha, shundaymi?!

- “Augsburg” ga qarshi kechgan uchrashuvda jarima to'pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdingiz…

- Gol urishni juda ham istagandim. To'pga yaqinlashayotganimda Mario Gyotce darvozaning pastki qismiga zarba berishim kerakligi aytdi. Ammo so'nggi soniyada boshqacharoq qarorga keldim. Chunki darvozaning o'ng burchagidagi bo'sh nuqtani payqagandim…

- Shunday onlarda jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lish haqidagi o'ylar ham sizni “bezovta” qilayotgan bo'lsa kerak?
- Ha, Shunday! Match vaqtida ham hayolim shu o'ylar bilan band. Bundan buyog'iga faqat va faqat yaxshi o'yin ko'rsatishim, shart. Hozirda ushbu unvonni qo'lga kiritish orzusi bilan yonmoqdaman!

- Fransiyadagi eng mashxur futbol yulduzi nomini ko'tarib yurish og'irlik qilmayaptimi?
- Bu nomni ko'tarib yurish haqiqatdan juda og'ir. Unga munosib bo'lish uchun doim yuqori saviyadagi o'yin ko'rsatish kerak bo'ladi. Men bo'lsam o'zimni bunga tayyor deb hisoblayman.

bundesliga.de saytidan Zoxirjon Akramxonov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia