

Riberi bu haqda "Ingolshtadt"ga qarshi bahsdan (3:1) so'ng aytdi.
"Anchadan beri "Bavariya"da o'ynayman, ammo maydonni bunday holatda hech qachon ko'rmaganman" - deydi Riberi.
Raqib jamoa himoyachisi Marvin Matip ham chimdan ko'ngli to'lmadi:
"Bavariya" futbolchilari bizdan ko'ra chim bilan ko'proq kurashishdi".
"Alyanc-Arena" stadionidagi chim yozda yangilangan. Hozir maydonda tabiiy chimga qo'shib sun'iysi ham o'rnatilgan. Maydon yaxshi holatga kelishi uchun vaqt kerak bo'ladi.



